MChJ «GARANT INSURANCE GROUP» SKning barcha mijozlari va hamkorlari diqqatiga E ‘ L O N !!!

24 2 2022

«GARANT INSURANCE GROUP» aksiyadorlik jamiyati moliya bozoridagi oʼzaro hamkorlik uchun minnatdorchilik izhor qilgan holda, Sizga quyidagilarni maʼlum qiladi:

Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Laylitoʼgʼon koʼchasi, 1-uy manzilida joylashgan MChJ «GARANT INSURANCE GROUP» SK Yagona ishtirokchisining 2022 yil 20 yanvardagi 01/2022-sonli navbatdan tashqari Umumiy yigʼilishi bayoni qaroriga koʼra, MChJ «GARANT INSURANCE GROUP» sugʼurta kompaniyasining tashkiliy-huquqiy shaklini «GARANT INSURANCE GROUP» aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etildi va Jamiyat Guvohnomasiga (2016 yil 12 apreldagi 46-sonli) 2022 yil 23 fevralda Yunusobod tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan tegishli oʼzgartirishlar kiritilib qayta roʼyxatga olindi.

Shuningdek, MChJ «GARANT INSURANCE GROUP» sugʼurta kompaniyasining barcha xuquqlari va majburiyatlari «GARANT INSURANCE GROUP» aksiyadorlik jamiyatiga oʼtkazildi hamda uning huquqiy vorisi hisoblanadi.