MCHJ «GARANТ INSURANCE GROUP» SKning tashkiliy-huquqiy shakli qayta tashkil etilganligi to’grisida E’LON!!!

22 1 2022

Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Laylito’g’on ko’chasi, 1-uy manzilida joylashgan MCHJ «GARANT INSURANCE GROUP» SK Yagona ishtirokchisining 2022 yil 20 yanvardagi 01/2022-sonli navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi bayoni qaroriga ko’ra, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «GARANT INSURANCE GROUP» sug’urta kompaniyasining tashkiliy-huquqiy shaklini «GARANT INSURANCE GROUP» sug’urta kompaniyasi aktsiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etish bo’yicha qaror qabul qilinganligini ma’lum qilamiz.

MCHJ «GARANT INSURANCE GROUP» SKning barcha huquq va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga ko’ra, «GARANT INSURANCE GROUP» sug’urta kompaniyasi aktsiyadorlik jamiyatiga o’tadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizdan qonunchilikda belgilangan muddatlarda majburiyatlarni bekor qilish yoki muddatidan oldin bajarish yohud belgilangan muddatda zararni qoplash to’g’risidagi murojaatingizni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

Kreditorlar talablari ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab 30 kun ichida quyidagi manzil: Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Laylito’g’on ko’chasi, 1-uyda qabul qilinadi, telefon: (+99871) 249-02-77, elektron pochta: garant.insurance.g@mail.ru, INN 206 925 452.

MCHJ «GARANT INSURANCE GROUP» SK Ijro organi